Asosiy kontentga oʻtish

Kompaniya haqida

SOF Expo

Samarqanddagi zamonaviy koʻrgazma markazi. 2022-yildan buyon ishlab chiqaruvchi, xaridor va hamkorlarni bir maydonda uchrashtiradi.

oʻtkazilgan koʻrgazma
20+
tashrif buyuruvchi
70 000+
yopiq pavilion maydoni, m²
4 400+
ochiq maydon, m²
5 000+

Tarix

Qanday boshlandi

SOF Expo loyihasi Samarqand viloyatining Jomboy tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirildi. Qurilish ishlari 2019-yilda boshlandi.

Koʻrgazma markazi 2022-yil 2-martda ochildi. Birinchi tadbir — qishloq xoʻjaligi texnikasi, sugʻorish tizimlari va issiqxona texnologiyalariga bagʻishlangan AgroPro Expo 2022 koʻrgazmasi boʻldi.

Oʻshandan beri markazda 20 dan ortiq koʻrgazma oʻtkazildi, ularga 70 000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi.

SOF Expo koʻrgazma markazi binosi, Samarqand
SOF Expo koʻrgazma markazi, Jomboy tumani

Koʻrgazma markazi

SOF Expo maydoni

Samarqand aeroportidan 16 km, temir yoʻl vokzalidan 23 km uzoqlikdagi koʻrgazma markazi — koʻrgazma, yarmarka, forum va festivallar uchun.

SOF Expo yopiq pavilioni ichida: ustunlar orasidagi keng zal

Yopiq pavilion sovutish, isitish va ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan — koʻrgazmalar yilning istalgan faslida oʻtkaziladi. Ochiq maydon texnika, qurilish materiallari va yirik eksponatlar uchun moʻljallangan.

Tadbir davomida ishtirokchi va mehmonlar uchun ikki kafe, uchrashuvlar uchun meeting room va maʼruzachilar uchun speakers room ishlaydi. Konferensiya zali audio va video tizimlari bilan jihozlangan.

Kirish oldida avtoturargoh bor, butun hudud boʻylab bepul Wi-Fi ishlaydi.

Maydon va xizmatlar

  • Yopiq pavilion — 4 400 m²
  • Ochiq maydon — 5 000 m²
  • Ikki kafe — 350 oʻringacha
  • Meeting room va speakers room
  • 700 kVt quvvat, 220 va 380 V
  • Bepul Wi-Fi va avtoturargoh
ECOM & RETAIL Expo Samarqand 2024: panel sessiyasi ishtirokchilari tashakkurnomalar bilan

Tashkilotchi

SOF Expo koʻrgazmalari

SOF Expo nafaqat maydon beradi, balki oʻz koʻrgazmalarini ham tashkil etadi: Foodera Expo, Build Pro Expo, AgroPro Expo, World Edu, ECOM & RETAIL “White Label Edition” va Promotors Show Samarqand.

Missiya: Samarqandda biznes uchun qulay koʻrgazma maydonini yaratish va mintaqa iqtisodiyoti rivojiga hissa qoʻshish.

Maqsad: Markaziy Osiyodagi yetakchi koʻrgazma markaziga aylanish va butun dunyodan ishtirokchi hamda mehmonlarni jalb qiladigan eng yirik yarmarkalarni Samarqandda oʻtkazish.

Faoliyat

Faoliyat yoʻnalishlari

  • Koʻrgazmalar tashkil etish

    Oziq-ovqat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va savdo sohalaridagi oʻz koʻrgazmalarimiz: Foodera Expo, Build Pro Expo, AgroPro Expo va boshqalar.

  • Pavilion ijarasi

    Tashqi tashkilotchilar uchun yopiq pavilion va ochiq maydon: koʻrgazma, yarmarka, festival va korporativ tadbirlar.

  • Stend qurilishi

    Stend konstruksiyasi, mebel va jihozlar ijarasi, devorlarda reklama joylari — eksponent uchun toʻliq tayyor stend.

  • Konferensiya va forumlar

    Konferensiya zali, meeting room va speakers room — koʻrgazma yonida forum, taqdimot va muzokaralar uchun.

  • Biznes aloqalar

    Eksponent va xaridorlar oʻrtasida B2B uchrashuvlar tashkil etish, yangi hamkor va bozor topishga yordam.

  • Xalqaro hamkorlik

    Qoʻshni davlatlar va xorijdan eksponent va delegatsiyalarni jalb qilib, Samarqandni mintaqaviy savdo maydoniga aylantirish.

Qoʻngʻiroq qiling

+998 55 705 07 05